
Robert Levandovskining kelajagi hanuz mavhumligicha qolmoqda va shu bois matbuot e'tiboridan tushmayapti. 37 yoshli to'purar uzoq vaqtdan beri Saudiya Arabistoni klublari bilan bog'lanib kelinadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Goal portali AS nashriga tayanib xabar berishicha, yaqin kunlarda Levandovski bilan ishlaydigan agent Pini Zahavi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi vakillari bilan uchrashuv o'tkazadi.
Polshalik hujumchining Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi real ssenariy sifatida ko'rilmoqda: u yerda futbolchi katta maoshga ega bo'lishi mumkin. Avvalroq Levandovskining o'zi esa kelajagi borasida qaror qabul qilishga shoshilmayotganini aytgandi.
Levandovskining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum yakunigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.