
«Barselona» markaziy himoyachisi Ronald Arauho ruhiy holati bilan bogʻliq muammolar sabab vaqtincha jamoa mashgʻulotlarini tark etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Urugvaylik futbolchi Chempionlar ligasida «Chelsi»ga qarshi uchrashuvdan keyin (0:3) mentaI bosimni ogʻir qabul qilgani aytilmoqda. Oʻsha bahsda u qizil kartochka olgan, klub esa Arauho tiklanishi uchun unga qisqa ta’til bergan.
Avvalroq 26 yoshli himoyachi yanvar boshida safga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi, biroq vaziyat kutilganidan murakkabroq. Sport nashri ma’lumotiga koʻra, «Barselona» Arauho belgilangan muddatda jamoa bilan toʻliq mashgʻulotlarga kirishishiga hozircha aniq ishonmayapti. Yakuniy qarorni futbolchining oʻzi qabul qiladi — klub rahbariyati unga bosim oʻtkazishni istamayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.