date

Eriksen Keynning Tottenhemga qaytishini intiqlik bilan kutmoqda

Eriksen Keynning Tottenhemga qaytishini intiqlik bilan kutmoqda

Avval Tottenhem safida toʻp surgan, hozir esa Volfsburgda oʻynayotgan Kristian Eriksen sobiq jamoadoshi Garri Keyn haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Daniyalik yarim himoyachi va ingliz hujumchisi 2013–2020 yillarda “shporlar” safida birga harakat qilgan. Keyin Eriksen klubni tark etdi, 2023 yilda esa Keyn ham ketib, Bavariyaga yoʻl oldi.

“Men Garri Tottenhemga qaytishini juda xohlardim. Buni chetdan kuzatish ham yoqimli bo‘lardi: klub uchun ham, Keynning o‘zi uchun ham chiroyli qayta birlashuv bo‘lardi. Hammasi uning qaroriga bogʻliq, lekin muxlis sifatida men bunday yangilikdan xursand boʻlardim”, — dedi Eriksen Times Sport nashriga.

Garri Keynning Bavariya bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha moʻljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eriksen Keynning Tottenhemga qaytishini intiqlik bilan kutmoqda