date

Saudiya klubi Viniusius transferi ehtimolini tasdiqladi

Saudiya klubi Viniusius transferi ehtimolini tasdiqladi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Viniusius Junior Saudiya Arabistoni chempionati vakillari transfer roʻyxatida uzoq vaqtdan beri tilga olinadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Braziliyalik futbolchining «qirollik klubi» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha moʻljallangan. Shunga qaramay, vaziyat rivojiga qarab, madridliklar yozda uni sotish variantini ham koʻrib chiqishi mumkin.

«Al-Ittihod» sport direktori Ramon Planes Viniusiusning Saudiya Arabistoniga koʻchib oʻtishi ehtimolini inkor etmadi. Uning aytishicha, yaqin kelajakda bu yerda ayni sport formasining eng yuqori choʻqqisidagi top-darajadagi futbolchilar ham toʻp surishi mumkin.

Transfermarkt portali Viniusius Juniorning transfer qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Saudiya klubi Viniusius transferi ehtimolini tasdiqladi