
Germaniyalik sobiq yarim himoyachi Toni Kroos Madridning «Santyago Bernabeu» va Myunxendagi «Alyans Arena» stadionlari orasidan o‘zi uchun eng yoqqanini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kroos professional faoliyatini «Bavariya» tizimida boshlagan va klubning asosiy jamoasida yetti yil to‘p surgan. 2014 yilda u «Real» safiga ko‘chib o‘tib, o‘n yildan so‘ng aynan Madridda futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Sevimli arena haqida berilgan savolga u «qirollik klubi» muxlislarini xursand qildi: «Santyago Bernabeu»mi yoki «Alyans Arena»mi? «Bernabeu». Bu — dunyodagi eng yaxshi stadion», — dedi Kroos Romarioga bergan intervyusida.
Suhbat davomida Kroos, shuningdek, faoliyati davomidagi eng kuchli deb biladigan klub borasida ham fikr bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.