
Madridning “Real” klubi afsonasi Raul 18 yoshli iste’dodli vinger Lamin Yamalning Ispaniya terma jamoasidagi ahamiyati va JCh-2026 oldidan kutilmalar haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Raulning ta’kidlashicha, Yamal terma jamoa uchun muhim futbolchiga aylanadi, biroq hozircha jamoaning asosiy yetakchisi bo‘lishi erta. U Lamin moslashish jarayonidan o‘tayotganini, hali ustida ishlashi kerak bo‘lgan jihatlar borligini qayd etdi. Shunga qaramay, Raul Yamal mundialda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, jamoaga kubok uchun kurashda yordam berishiga ishonishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, navbatdagi jahon chempionati kelasi yozda Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Turnirga mezbonlikni uch davlat — AQSh, Kanada va Meksika qiladi. Hozirgi amaldagi chempion esa Argentina terma jamoasi hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.