date

Le Bris Rodon jarohatidan so'ng o'yin butunlay o'zgardi

Le Bris Rodon jarohatidan so'ng o'yin butunlay o'zgardi

«Sanderlend» bosh murabbiyi Rejis Le Bris «Lids» himoyachisi Jo Rodon jarohat olganidan keyin raqib bilan kurash ancha qiyinlashganini aytdi. APLning 18-turi doirasidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

28-daqiqada «Sanderlend» hisobni ochgan vaziyatdan so'ng «Lids» o'yin rejimini qayta ko'rib chiqishga majbur bo'ldi: aynan shu epizodda Rodon to'pig'idan jarohat olib, maydonni tark etdi.

«Yaxshi boshladik, gol urdik. Ikkinchini ham urish imkonimiz bor edi. Lekin Rodon maydondan chiqqach, o'yin o'zgardi — ular boshqacha harakat qila boshlashdi. Pastdan to'p chiqarish ham, yuqorida bosim qilish ham qiyin bo'lib qoldi. Bu hal qiluvchi lahza bo'ldi», — deya Le Brisning so'zlarini Yorkshire Evening Post keltiradi.

Mutaxassis, shuningdek, jamoada 8 nafar futbolchi yo'qligiga qaramay, «Sanderlend» xarakter ko'rsatayotganini ta'kidladi: «Kuchli raqibga qarshi o'yinning muayyan qismida yaxshi harakat qildik. Ular hozir juda yaxshi formada, shuning uchun natijadan mamnunman».

Durangdan keyin «Sanderlend» 28 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda va yevrokuboklar zonasidan atigi 1 ochko ortda. «Lids» esa 20 ochko bilan 16-pog'onada joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Le Bris Rodon jarohatidan so'ng o'yin butunlay o'zgardi