date

Pisarov sanksiyalar bo'lmaganda Rossiya JChga chiqishini aytdi

Pisarov sanksiyalar bo'lmaganda Rossiya JChga chiqishini aytdi

Rossiya terma jamoasi murabbiylar shtabi a'zosi Nikolay Pisarov sanksiyalar bo'lmaganida va saralashda qatnashish huquqi berilganida, jamoa 2026 yilgi jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan bo'lardi, degan fikrni bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Unga Yevropa terma jamoalari orasida Rossiya FIFA reytingida 18-o'rinda ekani, jahon chempionatida esa UEFAdan 16 ta vakil ishtirok etishi eslatildi. Biroq Pisarov bu dalilni hal qiluvchi omil sifatida qabul qilmadi.

Murabbiy fikricha, Rossiya saralash jarayonida baribir raqiblardan kimnidir ortda qoldirib, final bosqichiga chiqish imkonini topgan bo'lardi.

Rossiya terma jamoasi oxirgi bor 2018 yilda jahon chempionatida ishtirok etgan. Stanislav Cherchesov boshchiligidagi jamoa o'shanda chorak finalgacha yetib borgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pisarov sanksiyalar bo'lmaganda Rossiya JChga chiqishini aytdi