date

Arteta Dyo'kereshning golli qurg'oqchiligidan xavotir bildirdi

Arteta Dyo'kereshning golli qurg'oqchiligidan xavotir bildirdi

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Viktor Dyo'kereshning so'nggi o'yinlardagi samarasizligi haqida fikr bildirdi. Shvetsiyalik forvard ketma-ket yetti uchrashuvdan beri o'yindan gol ura olmayapti, bu oraliqda u faqat bir bor penaltidan raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Matbuot anjumanida Arteta bu holat uni tashvishga solayotganini yashirmadi: "Ha, xavotirdaman, chunki biz uning gol urishini istaymiz. O'tgan o'yinda unda bir nechta imkoniyat bo'ldi, ammo to'p unga yetib bormadi. Ishni tinmay davom ettirish kerak — yagona yo'l shu", — dedi u.

"Arsenal" APLdagi navbatdagi uchrashuvini 30 dekabr kuni o'z maydonida "Aston Villa"ga qarshi o'tkazadi. "Emireyts" stadionida start hushtagi 01:15 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arteta Dyo'kereshning golli qurg'oqchiligidan xavotir bildirdi