date

Kostakurta Nkunquning texnikasini yuqori baholadi

Kostakurta Nkunquning texnikasini yuqori baholadi

"Milan" hujumchisi Kristofer Nkunqu "Verona" darvozasiga ikki bor aniq zarba yoʻllab, klubning unga bergan ishonchi va sarflangan mablagʻlar bejiz emasligini amalda ko'rsata boshladi. Uning sermahsul o'yini jamoa afsonasi, butun faoliyatini "Milan"da o'tkazgan sobiq himoyachi Alessandro Kostakurta e'tiboridan ham chetda qolmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kostakurtaning fikricha, Nkunqu iqtidorli va texnik futbolchi, biroq u klassik markaziy hujumchi roliga mos emas. "Uni ko'p kuzatmaganman, lekin u texnik. Ikkinchi bo'limda ancha ochildi, birinchi taymda ko'rinmadi. To'g'ri, birinchi bo'limda butun "Milan" ham unchalik yaxshi o'ynamadi", — dedi Kostakurta (pianetamilan.it).

"Milan" A Seriyadagi navbatdagi uchrashuvini "Kalyari"ga qarshi o'tkazadi. O'yin 2-yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kostakurta Nkunquning texnikasini yuqori baholadi