date

Ter Shtegen Jironaga faqat ikki shartdan biri bilan boradi

Ter Shtegen Jironaga faqat ikki shartdan biri bilan boradi

So'nggi kunlarda matbuot «Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning «Jirona»ga yo'l olishi mumkinligi haqida yozmoqda. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, tajribali nemis posboni ijara asosida «Jirona» safiga qo'shilishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq bu transfer faqat ikki holatdan biri amalga oshsa ro'yobga chiqadi: ter Shtegen ijara davrida maoshining salmoqli qismini kamaytirishga rozi bo'ladi yoki uning ish haqining katta qismini «Barselona» o'z zimmasiga oladi. «Jirona» moliyaviy jihatdan barqaror bo'lsa-da, budjetni ehtiyotkorlik bilan taqsimlashga intilmoqda.

Mark-Andre ter Shtegen 33 yoshda. Transfermarkt portaliga ko'ra, nemis darvozabonining transfer bahosi 7 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ter Shtegen Jironaga faqat ikki shartdan biri bilan boradi