
Mashhur murabbiy Sergey Kirʼyakov 2025 yil yakunlari boʼyicha dunyoning eng kuchli futbolchisi kim, degan savolga javob berdi. Uning fikricha, bu sovrinlar jamgʼarmasiga qaramay, “PSJ” hujumchisi Usmon Dembele emas. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kirʼyakov Dembele yil davomida uchta nufuzli individual mukofotni, jumladan “Oltin toʼp”ni qoʼlga kiritganini eslatdi, biroq bu eʼtirofda jamoaviy natija ulushi kattaligini taʼkidladi. Mutaxassis, futbolchining tez-tez jarohat olishi sababli bu darajani uzoq muddat ushlab turishiga ham shubha bildirdi.
“Men uchun eng yaxshisi — Mbappe. Ha, Dembele eng yaxshi deb topildi, lekin bunda jamoaning hissasi koʼproq. U hozir doimiy jarohat bilan yuribdi, bu muvaffaqiyatni mustahkamlab ketishiga juda shubham bor. Kilian esa eng yaxshi maʼnodagi individualist”, — deya Kirʼyakovning soʼzlarini keltiradi LiveSport.
Shuningdek, murabbiy Mbappedan keyingi oʼringa “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandni qoʼyishini aytdi.
Qayd etilishicha, Dembele 2025 yilda “PSJ” safida jami olti sovrinni yutgan, ular orasida Chempionlar ligasi kubogi ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.