date

Kirʼyakov 2025 yilning eng kuchli uch jamoasini sanadi

Kirʼyakov 2025 yilning eng kuchli uch jamoasini sanadi

Mashhur murabbiy Sergey Kirʼyakov 2025 yil yakunlariga ko‘ra dunyoning eng kuchli uch jamoasi borasida fikr bildirdi. Mutaxassis nafaqat nomlarni aytdi, balki ularni aniq o‘rinlarga ham joylashtirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kirʼyakov reytingning birinchi pog‘onasiga Ispaniya terma jamoasini qo‘ydi. Garchi “qizil furiya” yozda Millatlar ligasi finalida Portugaliyaga 2:2 hisobidan keyin penaltilar seriyasida yutqazgan bo‘lsa-da, murabbiy ispanlarni daraja va barqarorlik bo‘yicha yaqqol yetakchi deb hisoblamoqda.

“Ispaniya terma jamoasi birinchi o‘rinda. Ularning saviyasi va ishonchliligiga kimdir yaqinlashishini tasavvur qilish qiyin. Ikkinchi o‘ringa PSJni qo‘yaman. Uchinchiga Bavariyani — ba’zi omadsiz o‘yinlariga qaramay, ulkan salohiyat ko‘rsatdi”, — deya Kirʼyakovning so‘zlarini LiveSport keltirdi.

Kirʼyakov ikkinchi o‘ringa qo‘ygan PSJ 2025 yilni juda muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Luis Enrike boshqaruvidagi jamoa olti sovrinni qo‘lga kiritdi va klub tarixida ilk bor Yevropa chempionlari kubogini ham yutishga erishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kirʼyakov 2025 yilning eng kuchli uch jamoasini sanadi