date

Antuan Semenyo Manchester Siti bilan kelishuvga erishdi

Antuan Semenyo Manchester Siti bilan kelishuvga erishdi

“Bornmut” vingeri Antuan Semenyo qishki transfer oynasida “Manchester Siti”ga o‘tish bo‘yicha futbolchining o‘zi tomonida kelishuvga erishdi. Shaxsiy shartnoma bandlari muammo tug‘dirmayotgani aytilmoqda, deya xabar berdi Sky Sports jurnalisti Florian Plettenberg. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endi “Manchester Siti” futbolchining transferi yuzasidan “Bornmut” bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Ingliz klubi 65 million funt miqdoridagi tovon puli masalasini hal etishga urinmoqda, bu esa yevroda taxminan 74,5 millionni tashkil qiladi.

Joriy mavsumda 25 yoshli Semenyo “Bornmut” safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.

“Manchester Siti” ayni paytda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Antuan Semenyo Manchester Siti bilan kelishuvga erishdi