
«Ahmat» bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov 2025 yil yakunlariga ko‘ra jahon futbolida eng kuchli deb bilgan uchta jamoa nomini tilga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis klublar orasida PSJni birinchi o‘ringa qo‘ydi. Shuningdek, u Bundesligada yana ustunlikni qo‘ldan bermayotgan «Bavariya»ni ham eng zo‘rlardan biri sifatida qayd etdi. Terma jamoalar kesimida esa Cherchesov Ispaniyani ajratib ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ 2025 yilda jami olti sovrinni qo‘lga kiritdi. Parij klubi tarixida ilk bor Yevropaning eng nufuzli klublar turnirida g‘olib chiqdi: finalda Luis Enrike shogirdlari «Inter»ni 5:0 hisobida mag‘lub etgan.
Cherchesov boshqarayotgan «Ahmat» esa qishki tanaffusga Rossiya Premyer-ligasi jadvalida 8-o‘rinda kirib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.