
Yarim himoyachi Tidjani Reynders yaqin vaqt ichida «Manchester Siti»ni tark etmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sky Sports xabariga ko'ra, «shaharliklar» futbolchiga yangi shartnoma taklif qilish variantini ko'rib chiqmoqda. Shunga qaramay, manchesterliklar transfer bozoriga ham chiqib, niderlandiyalik futbolchiga uzoq muddatli o'rinbosar topishni rejalashtirmoqda.
Reynders bu yoz «Milan»dan «Manchester Siti»ga 55 million yevro evaziga o'tgandi va 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan bitimni imzolagan. Joriy mavsumda u «shaharliklar» safida 27 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida niderlandiyalik yarim himoyachining narxi 65 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.