date

Liverpul Kristal Pelas himoyachisi Lakruani nishonga oldi

Liverpul Kristal Pelas himoyachisi Lakruani nishonga oldi

Kristal Pelas himoyachisi Maksans Lakrua faoliyatini Yevropaning grand klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mail Sport jurnalisti Lyuis Stil xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchiga Liverpul qiziqish bildirmoqda. Fransuz himoyachisi “qizillar”ning qisqa ro'yxatidan joy olgan. Angliya chempionlari markaziy himoya uchun boshqa variantlarni ham ko'rib chiqyapti: Bryuggedan Joel Ordonyez, Seltadan Oskar Mingesa va Brentforddan Natan Kollinz.

Lakrua 2024 yil yozida Volfsburgdan Kristal Pelasga 18 million yevro evaziga o'tgandi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u “burgutlar” safida 28 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va 2 assist qayd etdi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liverpul Kristal Pelas himoyachisi Lakruani nishonga oldi