
Madridning «Real» klubi tarkibni kuchaytirish ustida ishlashda davom etmoqda va ayniqsa yarim himoya uchun yangi nom izlamoqda. Bosh murabbiy Xabi Alonso Arda G‘ulerni Luka Modrichning bo‘lajak davomchisi sifatida ko‘rgan, biroq turkiyalik futbolchi xorvatiyalik veteran avval bajargan rolga mos tusha olmadi. Madrid Zone ESPN manbasiga tayangan holda, klub bu holatni allaqachon fakt sifatida qabul qilganini xabar qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hozir «Real» Modrich funksiyalarini zimmasiga ola oladigan yangi yarim himoyachini qidiryapti. Nomzodlar orasida Niderlandiyaning «AZ Alkmaar» jamoasidan 19 yoshli Kes Smit ham bor.
Shu bilan birga, Arda G‘ulerning kelajagi xavf ostida emas: klub uni shunchaki o‘ziga qulayroq va odatiy ampluada ko‘proq ishlatmoqchi.
Qiziqarli tomoni shundaki, Luka Modrich o‘tgan yozda «Real»ni tark etishni istamagan, ammo madridliklar rahbariyati yoshroq futbolchilarga tayanish yo‘lini tanlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.