
Parij Sen-Jermen yarimhimoyachisi Fabian Ruis bilan shartnomani uzaytirish masalasini kun tartibiga olib chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
29 yoshli futbolchining amaldagi kelishuvi yana bir yarim yildan so‘ng yakunlanadi. Biroq jurnalist Oratsio Akkomando xabariga ko‘ra, tomonlar yangi bitim bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.
Ruis PSJ safida 2022 yil yozidan beri o‘ynamoqda. Joriy mavsumda u Luis Enrike jamoasida barcha musobaqalarda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchining bahosini 40 million yevroga teng deb ko‘rsatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.