date

Iraola Chelsining hujum chizig'ini juda xavfli deb atadi

Iraola Chelsining hujum chizig'ini juda xavfli deb atadi

"Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola Enso Mareska boshqaruvidagi "Chelsi"ga qarshi uchrashuv oldidan raqib jamoa haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Vishnilar" bugun safarda "ko'klar" maydoniga tashrif buyuradi. Uchrashuv 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Matbuot anjumanida Iraola londonliklarning hujumkor o'yiniga alohida to'xtaldi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, "Chelsi"ga qarshi darvozani daxlsiz saqlab qolish oson emas: buning uchun "Bornmut" himoyadagi harakatlarini sezilarli darajada yaxshilashi kerak. Iraola fikricha, "Chelsi" gol urish imkoniyatlarini tezda natijaga aylantiradi va ularning hujumi jiddiy tahdid soladi.

Ayni paytda "Chelsi" APL jadvalida 18 turdan so'ng 29 ochko bilan beshinchi o'rinda, "Bornmut" esa 22 ochko to'plab 15-pog'onada bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Iraola Chelsining hujum chizig'ini juda xavfli deb atadi