date

Keyn realizatsiya reytingida peshqadam, Rodjers ikkinchi o'rinda

Keyn realizatsiya reytingida peshqadam, Rodjers ikkinchi o'rinda

Yevropaning besh kuchli chempionatida zarbalarni eng samarali golga aylantirayotgan futbolchilar reytingiga «Bavariya» hujumchisi Garri Keyn boshchilik qilmoqda. 32 yoshli forvard Bundesliganing joriy mavsumida 19 bor raqib darvozasini ishg'ol qildi va bu ko'rsatkich uning kutilgan gollari (xG)dan 4,65 taga yuqori, deya xabar beradi WhoScored. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ro'yxatda ikkinchi pog'onani yana bir angliyalik — «Aston Villa» vakili Morgan Rodjers egalladi. U 7 ta gol urib, o'zining xG ko'rsatkichidan 4,17 taga yaxshiroq natija qayd etdi.

Eng «shafqatsiz» yakunlovchilar uchligini «Milan»ning amerikalik futbolchisi Kristian Pulishich yakunlab berdi: uning hisobida 8 ta gol va xGdan +3,49 farq bor.

Qayd etilishicha, Garri Keyn besh top-ligada to'purarlik poygasida «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand bilan birga yetakchi hisoblanadi, biroq norvegiyalik forvard shunga yaqin natijaga erishish uchun ko'proq xavfli vaziyatlarga muhtoj bo'lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Keyn realizatsiya reytingida peshqadam, Rodjers ikkinchi o'rinda