Barselona himoyachisi Fort jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi

Barselona himoyachisi Fort jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi

«Barselona»ning o‘ng qanot himoyachisi Ektor Fort, hozirda ijara asosida «Elche» safida to‘p surayotgan paytida jarohat olib qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

19 yoshli futbolchi o‘tgan turda «Rayo Valyekano»ga qarshi uchrashuvning 6-daqiqasida gol urishga ulgurdi, biroq 12-daqiqada yelkasidan chiqqan jarohat sabab o‘yinini davom ettira olmadi. Sport manbasiga ko‘ra, Fort operatsiya qilindi va tiklanish jarayoni bir necha hafta davom etishi kutilmoqda.

Fort «Elche»dagi 12 o‘yinda 2 ta gol va 2 ta assist qayd etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» rahbariyati futbolchining ijaradagi o‘yinidan mamnun va u kelasi mavsumda Hans-Diter Flik jamoasida o‘rin uchun bemalol kurasha oladi, deb hisoblamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar