date

Real Vinisius Juniyor bilan kelajagini hal qildi

Real Vinisius Juniyor bilan kelajagini hal qildi

Madridning “Real” klubi hujumchi Vinisius Juniyor bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Alberto Pereyro bergan ma’lumotga ko‘ra, OAVdagi turli mish-mishlarga qaramay, “qirollik klubi” braziliyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashni hamon istamoqda. Vinisiusning o‘zi ham “Real”da qolishga umid qilmoqda.

Vinisius 2018 yilda “Flamengo”dan 45 million yevro evaziga “Real”ga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u madridliklar safida 30 o‘yinda maydonga tushib, 6 gol urdi va 9 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali braziliyalik futbolchini 150 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Vinisius Juniyor bilan kelajagini hal qildi