
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin milliy jamoa o'yinlarini qaysi stadionlarda o'tkazish masalasiga munosabat bildirdi. Mutaxassisning aytishicha, sharoitlar talabga javob beradigan bo'lsa, u mamlakatdagi barcha arenalarda o'ynashni istaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Karpin Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov va Samaradagi stadionlarni misol qilib keltirdi. Uning ta'kidlashicha, terma jamoani qabul qila oladigan va barcha zarur infratuzilma yaratilgan maydonlarda jamoa mamnuniyat bilan bahs olib boradi.
Shu bilan birga, murabbiy stadion tanlovida turli nozik jihatlar borligini ham eslatdi. Xususan, ayrim o'rtoqlik uchrashuvi raqiblari faqat Moskvada o'ynash shartini qo'yishi mumkin.
Rossiya terma jamoasining navbatdagi yig'ini mart oyiga rejalashtirilgan. Hozircha bo'lajak raqiblar nomi ma'lum qilinmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.