date

Kasilyas tanqidlarga qaramay Xabi Alonsoni qo'llab-quvvatladi

Kasilyas tanqidlarga qaramay Xabi Alonsoni qo'llab-quvvatladi

Madridning «Real» klubida ko'p yillar darvozabon bo'lib o'ynagan Iker Kasilyas jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoni omma orasidagi tanqidlar fonida himoya qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Qaymoqranglilar»ning sobiq posboni ispan mutaxassisiga nisbatan e'tirozlar asossiz ekanini ta'kidladi va uning «Real»dagi ishiga baho berish uchun hali erta ekanini aytdi.

«U futbolni tushunadigan yigit. Masalan, agar ular «Barselona»dan 12 ochko ortda qolganida va Kubokdan uchib ketganida boshqa gap bo'lardi... Bunday munosabatni yoqtirmayman, chunki buni tushuna olmayman», — deya Kasilyasning so'zlarini Bajo los palos nashri keltirdi.

La Liganing 18-turidan keyin «Real» 42 ochko bilan jadvalda ikkinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam «Barselona» esa madridliklardan to'rt ochko ko'proq jamg'argan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kasilyas tanqidlarga qaramay Xabi Alonsoni qo'llab-quvvatladi