
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning navbatdagi uchrashuvi oldidan «Sanderlend» haqida iliq fikr bildirdi. 19-tur doirasidagi bahs 1-yanvar kuni soat 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gvardiolaning aytishicha, «Sanderlend» elitaga qaytgach, tarkibni saqlab qolish yo‘lini ham tanlashi mumkin edi, biroq klub keskin yangilanishga borib, 14 nafar futbolchini olib keldi. Uning ta’kidlashicha, bunday o‘zgarishlarga moslashish oson emas, ammo Regi Le Bris bu vazifani uddalagan va jamoaning hozirgi o‘rni buning isbotidir.
Hozirda «Sanderlend» 28 ochko bilan turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda, «Manchester Siti» esa 40 ochko bilan 2-pog‘onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.