
«Chelsi» rahbariyati bosh murabbiy Entso Mareska bilan hamkorlikni yakunlashga qaror qildi. Bu haqda payshanba kuni rasman e’lon qilindi. OAVda 2025 yilning so'nggi haftalarida ko'p muhokama qilingan nizo tomonlar tomonidan baribir bartaraf etilmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Nizaar Kinsellaning xabar berishicha, italiyalik mutaxassis klubdan yetarli darajada qo'llab-quvvatlov ko'rmayotganidan norozi bo'lgan. Mareska transferlar bo'yicha «Arsenal»dagi Mikel Arteta kabi katta vakolatlar berilishini istagan — «kanonirlar» ustozi futbolchilarni sotib olish va sotish masalalarida hal qiluvchi so'zni aytish huquqiga ega.
Manbaga ko'ra, Mareska o'rnini yaqin orada «Strasburg» bosh murabbiyi Liam Rozennyor egallashi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.