
Italiyaning «Roma» klubi 2026 yil yozida hujumchi Muhammad Salohni o'z safiga jalb qilish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Misrlik futbolchi bosh murabbiy Arne Slot bilan kelishmovchiliklardan so'ng yana «Liverpul» tarkibiga qaytgan bo'lsa-da, uning o'yinida barqarorlik yetishmayotgani ta'kidlanmoqda.
La Repubblica xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni klublari endi Saloh transferiga jiddiy qiziqish bildirmayapti. Shu sababli hozircha futbolchi uchun asosiy da'vogar sifatida «Roma» ko'rsatilmoqda.
Saloh avval ham «bo'rilar» sharafini himoya qilgan: u 2016–2017 yillarda Rim klubida o'ynagan va aynan o'sha yerdan «Liverpul»ga o'tgan.
2025/2026 yilgi mavsumda 33 yoshli hujumchi 20 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning bozor qiymati 30 mln yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.