date

Pepning achchiq gapi: «Siti» gol ura olmadi, imkoniyatlar “uchdi”

Pepning achchiq gapi: «Siti» gol ura olmadi, imkoniyatlar “uchdi”

APLning 19-turida «Manchester Siti» safarda «Sanderlend» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvdan keyin jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola o‘yin haqidagi fikrlarini ochiq aytdi — asosiy muammo aniq: «Siti»da imkoniyat bo‘ldi, ammo foydasi chiqmadi.

Gvardiola ta’kidlashicha, jamoa o‘yin davomida juda ko‘p golli vaziyatlarni yaratgan, lekin ularni ishga sola olmagan.

«Juda ko‘p imkoniyatlarni boy berdik. Gol urishimiz mumkin bo‘lgan vaziyatlardan foydalana olmadik. 1-bo‘limda o‘zimiz istagan futbolni namoyish etishga qiynaldik. Umumiy qilib aytganda yaxshi o‘yin bo‘ldi», — dedi Gvardiola.

Ustozning aytishicha, ikkinchi bo‘limda «Siti» ancha jonlandi. Tanaffusdan keyin jamoa g‘alaba uchun oxirigacha borgan, ammo natija baribir o‘zgarmagan.

«Tanaffusdan so‘ng hammasi yaxshi bo‘ldi, g‘alaba qozonish uchun yigitlar oxirigacha kurashdi. Natijadan biroz hafsalamiz pir bo‘lishi mumkin. lekin uch kundan keyin «Chelsi»ga qarshi juda qiyin o‘yin kutyapti. Xotirjamlikni saqlab qolishimiz shart», — dedi Gvardiola.

Gvardiola yana bir bor eng og‘riqli nuqtani takrorladi: tanaffusdan keyin «Siti» g‘alabani olib qo‘yishi mumkin edi, lekin muhim epizodlar bekor ketgan.

«Takror aytaman, tanaffusdan so‘ng g‘alaba qozonishimiz mumkin edi, lekin vaziyatlarni ko‘kka sovurdik. Savinioda ikkita, Dok-u, Gvardiol, Foden va Holandda ham gol urish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lgandi», — dedi Gvardiola.

Qisqasi, «Siti»ning o‘yini yomon emas, ammo samara yo‘q. Endi esa vaqt ham kutib turmaydi — uch kundan keyin «Chelsi»ga qarshi og‘ir sinov. Pep aytganidek, xotirjamlik va aniqlik asosiy kalitga aylanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pepning achchiq gapi: «Siti» gol ura olmadi, imkoniyatlar “uchdi”