
Futbol sharhlovchisi Aleksandr Elagin londonlik "Chelsi" bosh murabbiyi lavozimidan Enso Mareskaning ishdan bo‘shatilishiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis fikricha, klub rahbariyatining bu qarori juda g‘alati ko‘rinadi.
Elaginning yozishicha, masala faqat natijalarda emas. "Chelsi" rahbariyati Mareska haqidagi kitobning nashrini to‘xtatib qo‘ygani, shuningdek, uning La Gazzetta dello Sport nashriga ruxsatsiz bergan intervyusidan keskin norozi bo‘lgani aytilmoqda. Elagin bunga sabab sifatida Mareska bilan Egbali o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar tarangligini taxmin qildi.
Premer-liganing 19 turidan so‘ng "Chelsi" 30 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.