
«Chelsi» vingeri Pedro Netu klub bosh murabbiyi Enzo Mareska bilan xayrlashuv haqidagi fikrlarini aytdi. Italiyalik mutaxassis 2026 yilning 1 yanvar kuni lavozimidan ketgan, u jamoani bir yarim yil boshqargan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Netuning so‘zlariga ko‘ra, bu xabar uni hayratda qoldirgan: murabbiy o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatgan, o‘tgan mavsum jamoa uning qo‘l ostida juda kuchli o‘tkazgan, joriy mavsumda ham natijalar yomon bo‘lmagan.
«Men uchun bu qayg‘uli. Enzo menga juda ko‘p yordam berdi, undan ko‘p narsani o‘rgandim. Inson sifatida ham u juda yaxshi. Faqat minnatdorlik bildira olaman», — dedi Netu Sky Sports’ga bergan intervyusida.
Manbalarga ko‘ra, «Chelsi»da Mareskaning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan asosiy nomzod sifatida hozir «Strasbur»ni boshqarayotgan Liam Rozenyor tilga olinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.