date

Real Rodrigoga 100 million yevrolik narx belgiladi

Real Rodrigoga 100 million yevrolik narx belgiladi

Madridning “Real” klubi braziliyalik hujumchi Rodrigo bo‘yicha ehtimoliy transfer ssenariysiga oid yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko‘ra, “qirollik klubi” Rodrigo bilan xayrlashishni faqat 100 million yevro atrofida taklif tushgan taqdirda ko‘rib chiqadi. Aks holda futbolchi jamoada qoladi.

Manbaga ko‘ra, hozircha Rodrigo transferini moliyaviy jihatdan ko‘tara oladigan yagona klub — fransuzning “PSJ” jamoasi. Shunga qaramay, braziliyalik futbolchiga “Arsenal”, “Chelsi”, “Liverpul” va “Manchester Siti” ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda 24 yoshli Rodrigo barcha musobaqalarda 21 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Rodrigoga 100 million yevrolik narx belgiladi