Rayo Valyekano Atletiko vingeri Karlos Martinni ijaraga oldi

Madridning “Atletiko” klubi qanot hujumchisi Karlos Martin “Rayo Valyekano”ga ijara asosida o‘tdi. Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, futbolchi 2026 yil yozigacha “Rayo” safida to‘p suradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
23 yoshli Karlos “Atletiko” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, hozircha asosiy tarkibda muntazam o‘yin amaliyotiga ega emas. Joriy mavsumda u bosh jamoa safida 2 uchrashuvda jami 66 daqiqa maydonga tushgan, umumiy hisobda esa “matraschilar” tarkibida 8 marta o‘ynagan.
O‘tgan mavsumni Martin “Alaves”da ijarada o‘tkazib, 27 o‘yinda 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. 2023/2024 yilgi mavsumda esa u “Mirandes” safida 40 uchrashuvda 15 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 2,5 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!