Emery Aston Villa g'alabasidan keyin o'yinni tahlil qildi

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emery Angliya chempionati 20-turi doirasida «Nottingem Forest» ustidan qo'lga kiritilgan ishonchli g'alabadan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis uch ochko jamoa uchun juda muhim bo'lganini ta'kidladi: uning aytishicha, uchrashuv oldidan futbolchilar dam olib, tayyorgarlikni puxta olib borishgan va qo'yilgan talablarni to'liq bajargan. Emery vaziyatlar paydo bo'lganida gol urish hamda raqibning tezkor, xavfli hujumlariga yo'l qo'ymaslik hal qiluvchi omil bo'lganini qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv 3 yanvar kuni bo'lib o'tdi va «Aston Villa» 3:1 hisobida zafar quchdi. Ushbu natijadan keyin birmingemliklar 42 ochko jamg'arib, APL turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!