Espanol ustozi Joan Garsiya haqida gapirishni istamadi

“Espanol” bosh murabbiyi Manolo Gonsales o‘tgan derbidan keyin “Barselona” darvozaboni Joan Garsiyaning o‘yinini muhokama qilishdan bosh tortdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ko‘k-anorranglilar posboni uchrashuv qahramonlaridan biriga aylandi va yangi jamoasiga sobiq klubi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonishda muhim yordam berdi.
“Meni to‘g‘ri tushuning, lekin men Joan Garsiya haqida gapirmayman. Nima desam ham, so‘zlarim buzib talqin qilinadi. O‘yindan oldingi fikrlarim kontekstdan uzib olindi va derbida adovat qo‘zg‘atishdek ko‘rsatildi. Shuning uchun hozir jim turishni afzal bilaman. Qolaversa, o‘tgan yili Garsiyaning ‘Barselona’ga o‘tishi haqida 50 marta fikr bildirganman. Menimcha, shuning o‘zi yetarli”, — dedi Gonsales matbuot anjumanida.
Joan Garsiya 2025 yil iyunida “Espanol”dan “Barselona” safiga o‘tgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!