Eduard Mor Espanyol ayrim payt Barselonadan ustun edi

Moskvaning «Spartak» klubi sobiq himoyachisi Eduard Mor La Liganing 18-turida «Espanyol» o'yin jihatidan «Barselona»dan kam ko'rinmaganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv chempionat peshqadami «Barselona»ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan bo'lsa-da, Mor fikricha, voqealar boshqacha yakun topishi ham mumkin edi.
«Ular birinchi bo'limni juda yaxshi o'tkazdi. Ikki vaziyat yaratishdi, “Barsa”da esa deyarli hech narsa bo'lmadi. Qaysidir pallada “Espanyol” “Barselona”ni o'yinda yutib qo'ydi», — deya ekspertning so'zlarini «Match TV» keltiradi.
Mor, shuningdek, har ikki jamoa darvozabonlari ajoyib o'yin ko'rsatganini, bir necha bor jamoalarini qutqarib qolganini ta'kidladi.
Natijadan so'ng «Barselona» turnir jadvalidagi peshqadamligini yanada mustahkamladi, «Espanyol» esa beshinchi o'rinda qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!