date

Bellingem Real rahbariyatidan Uorton transferini so‘radi

Bellingem Real rahbariyatidan Uorton transferini so‘radi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem rahbariyatga murojaat qilib, «Kristal Pelas» futbolchisi Adam Uortonni jamoaga olib kelishni so‘ragani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bellingemning fikricha, Uorton asosiy tarkibni yanada yoshartirish jarayonini davom ettiradi va bu unga maydonda ko‘proq hujumkor vazifalarga e’tibor qaratish imkonini beradi.

E-Noticies xabariga ko‘ra, London klubi yetakchilaridan birini 80 million yevrodan kamiga sotishga tayyor emas.

2025/2026-yilgi mavsumda 21 yoshli Uorton 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta golli uzatmani amalga oshirgan.

Futbolchining «Kristal Pelas» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan. Uortonning bozor qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bellingem Real rahbariyatidan Uorton transferini so‘radi