date

Arne Slot Fulhemga qarshi o'yin ochiq o'tishini kutmoqda

Arne Slot Fulhemga qarshi o'yin ochiq o'tishini kutmoqda

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot APLning 20-turi doirasida "Fulhem"ga qarshi bo'ladigan bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Uchrashuv 4 yanvar kuni 20:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Slotning ta'kidlashicha, londonliklar hujumkor futbol namoyish etishga intiladi va to'p nazoratida ham ko'p vaqt o'tkazishi mumkin. Murabbiy bu galgi o'yin avvalgisiga qaraganda ochiqroq kechishini, shuningdek, safardagi so'nggi natija sabab bu bahs qiyin bo'lishini aytdi.

Mutaxassis so'nggi 7–8 o'yinda jamoasi raqiblarga deyarli imkon bermayotganini qayd etdi. Biroq u "Liverpul" to'pga ko'p egalik qilayotgan bo'lsa-da, raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratish ba'zan oson kechmayotganini ham yashirmadi.

Slot jamoaning hozirgi o'rni mantiqan adolatli ekanini, chunki 19 ta o'yinning barchasida doimiy kurash bo'lganini ham qo'shimcha qildi.

Hozircha "Liverpul" 33 ochko bilan to'rtinchi, "Fulhem" esa 27 ochko bilan o'n ikkinchi pog'onada bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arne Slot Fulhemga qarshi o'yin ochiq o'tishini kutmoqda