date

Manchester Siti himoyachisi Ake APLdagi boshqa klubga ketishi mumkin

Manchester Siti himoyachisi Ake APLdagi boshqa klubga ketishi mumkin

Niderlandiyalik himoyachi Natan Ake bo‘yicha «Bornmut» qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbalarga ko‘ra, «vishnilar» Akeni yanvar transfer oynasida tarkibga qo‘shib olishni xohlamoqda. Hozircha gap futbolchini qisqa muddatli ijara asosida olib kelish haqida ketmoqda. Ake «Manchester Siti»dagi hozirgi vaziyatidan qoniqmayotgani va ketishni talab qilayotgani ta’kidlanadi. U mavsum oxirigacha muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib, bo‘lajak jahon chempionatiga yaxshi sport formasida yetib borishni istaydi.

Himoyachi bilan «Atletiko», «Barselona» hamda APLning yana bir nechta klublari ham kuzatuv olib bormoqda. Shunga qaramay, ayni paytda Ake uchun eng ehtimoliy variant sifatida «Bornmut» ko‘rilmoqda.

Joriy mavsumda 30 yoshli Ake barcha turnirlarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi va gol hamda assist qayd etmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Siti himoyachisi Ake APLdagi boshqa klubga ketishi mumkin