Rossiyalik aralash kurash jangchisi, mashhur Fyodor Emelyanenko 19 fevralga o‘tar kechasi sportga qaytgandan keyin o‘zining 3-jangini o‘tkazadi. "Oxirgi imperator"ning San-Xoseda o‘tadigan Bellator 172 musobaqasidagi raqibi amerikalik Mett Mitrion bo‘ladi, deb yozadi Kun.uz sayti.
Emelyanenko 2015 yilda uch yillik tanaffusdan keyin sport faoliyatini davom ettirishini e’lon qilgan. Shu vaqt ichida Emelyanenko 2 ta jang o‘tkazgan. U Rizin shousida o‘tgan 1-jangida hind Jaydip Singxni sanoqli daqiqalarda mag‘lub etgan.
Emelyanenko keyingi jangini Rossiyaning Fight Nights promoushen kompaniyasi nomidan 2016 yil iyunda Fabio Maldonadoga qarshi o‘tkazgan. Bu jang ko‘plab bahslarga sabab bo‘lgan, chunki ba’zilarning fikricha bu jangda Maldonadoning qo‘li baland kelgan. Jangga hakamlik qilgan rossiyalik hakamlar g‘alabani hamyurtlariga berishgan va bu ko‘plab savollar uyg‘otgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi