Vest Hem Al-Nasr darvozaboni Bento bo'yicha taklif yubordi

Londonning “Vest Hem” klubi “Al-Nasr” safida to'p surayotgan darvozabon Bento transferi ustida ish boshladi. Angliya jamoasi braziliyalik posbon bo'yicha rasmiy taklifni yuborgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klublar o'rtasida muzokaralar allaqachon boshlangan, ammo ehtimoliy kelishuvning moliyaviy shartlari va boshqa tafsilotlari hozircha oshkor etilmadi.
2025/2026 yilgi mavsumda 26 yoshli Bento 10 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol o'tkazib yubordi. Shuningdek, u 5 o'yinda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Darvozabonning “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Uning bozor qiymati 9 million yevroga baholanmoqda.
APLda 20 turdan keyin “bolg'achilar” 14 ochko bilan turnir jadvalida 18-o'rinda bormoqda. So'nggi o'yinda “Vest Hem” darvozasini Alfonse Areola qo'riqladi va u “Vulverhempton”dan 3 ta gol o'tkazib yubordi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!