Monako himoyachisi Lionga qarshi o'yinda og'ir jarohat oldi

Fransiya chempionati doirasida «Lion»ga qarshi bahsda «Monako» himoyachisi Moxammed Salisu jiddiy jarohat oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Voqea uchrashuvning so'nggi daqiqalariga yaqin sodir bo'ldi. O'yin monakoliklarning 1:3 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi. Klub matbuot xizmati Salisuning chap tizzasidagi oldingi xochsimon bog'lam uzilganini ma'lum qildi. Futbolchining qaytish muddati hozircha ochiqlanmadi.
«Monako» joriy mavsum Liga 1da 17 turdan so'ng yetti g'alaba, sakkiz mag'lubiyat va ikki durang qayd etgan. Jamoa 23 ochko bilan turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing