Karlsen Manchester Uniteddagi murabbiy iste'fosiga munosabat bildirdi

Jahon shaxmat yulduzi Magnus Karlsen «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim lavozimidan ketgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Karlsen ijtimoiy tarmoqlarda «MYU vaziyatni baholash uchun butun bir yil sarfladi», deya yozdi.
«Qizil iblislar» portugaliyalik mutaxassis bilan xayrlashganini dushanba, 5-yanvar kuni rasman e'lon qildi. Amorim jamoani 2024-yil kuzidan beri boshqarib kelayotgandi.
Ayni paytda «Manchester Yunayted» 31 ochko bilan turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda. Manchestyerliklar navbatdagi uchrashuvni 7-yanvar kuni «Byornli»ga qarshi o‘tkazadi, start 01:15 da (Toshkent vaqti bilan).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing