date

Mbappe holati bo‘yicha yangi ma’lumotlar ma’lum bo‘ldi

Mbappe holati bo‘yicha yangi ma’lumotlar ma’lum bo‘ldi

AS nashri «Real» hujumchisi Kilian Mbappe jarohati bo‘yicha yangilangan xabarni e’lon qildi. Avvalroq Xabi Alonso fransuz yulduzi Ispaniya Superkubogi yarim finalida «Atletiko»ga qarshi o‘yinga qadar safga qaytishidan umid qilgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq ASning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Mbappening yarim finaldagi ishtiroki butunlay inkor etildi. Dushanba kuni u jamoa bilan maydonga chiqmay, mashg‘ulot zalida yakka tartibda ishlagan.

Ispaniya Superkubogi doirasidagi «Atletiko» — «Real» yarim finali 8-yanvar, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish joiz, «Real» hozir La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappe holati bo‘yicha yangi ma’lumotlar ma’lum bo‘ldi