16:36 / 18.02.2017
5 154

«Milan» ikki haftadan so‘ng to‘liq xitoyliklar qo‘liga o‘tadi

«Milan» ikki haftadan so‘ng to‘liq xitoyliklar qo‘liga o‘tadi

Italiyaning «Milan» jamoasi 3 mart kuni to‘liq xitoylik biznesmenlar qo‘liga o‘tadi. Xabarlarga ko‘ra, Xitoyning Sino-Europe Sports tijorat firmasi jamoaning 99,9% aksiyalarigi sotib olgan, deb yozmoqda Uff.uz sayti.

1 mart kuni xitoylik ishbilarmonlar Berluskoni hisob raqamiga 320 million evro o‘tkazib berishadi va prezident bilan jamoa borasidagi so‘nggi shartnomaga ega bo‘lishadi.

Xitoylik mutaxassislar birinchi bo‘lib, jamoa darvozaboni Janluijji Donnaruma bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirishgan.

Shuningdek yozgi transferlar mavsumida yangi futbolchilar uchun 120-130 million evro atrofida mablag‘ ajratishmoqchi.

Silvio Berluskonining xitoylik hamkorlari bundan avvalroq uning hisob raqamiga yana 100 million evro mablag‘ o‘tkazib berishgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Milan» ikki haftadan so‘ng to‘liq xitoyliklar qo‘liga o‘tadi