Sulysher muvaffaqiyat bo'lsa MYUda doimiy qolishni istaydi

Ule Gunnar Sulysher «Manchester Yunayted»ga qaytishga hozirlik ko'rmoqda. Ishonchli manbalarga ko'ra, norvegiyalik mutaxassis klub bilan o'tgan muzokaralardan so'ng «qizil iblislar» bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida tayinlanishga juda yaqin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Jeymi Jekson bergan ma'lumotga ko'ra, 52 yoshli murabbiy faqat qisqa muddatli rol bilan cheklanmoqchi emas. Sulysher joriy mavsumda jamoa bilan natija ko'rsata olsa va o'z salohiyatini isbotlasa, «Manchester Yunayted»da doimiy bosh murabbiy bo'lib qolishiga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bunday ssenariy Sulysher faoliyatida avval ham bo'lgan: u 2018 yil oxirida vaqtincha bosh murabbiy etib kelgandi, 2019 yil martida esa rasman doimiy murabbiy sifatida tasdiqlangan va 2021 yil noyabridagi iste'fogacha lavozimda ishlab kelgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!