date

Lamin Yamal «Barselona» mashg‘ulotida ko‘rinish bermadi

Lamin Yamal «Barselona» mashg‘ulotida ko‘rinish bermadi

«Barselona» vingeri Lamin Yamal «Atletik»ka qarshi o‘yin arafasidagi jamoaviy mashg‘ulotda ishtirok etmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Marca xabariga ko‘ra, futbolchi shu kuni zalda individual dastur asosida shug‘ullangan. Kataloniya klubida esa vaziyat jiddiy xavotir uyg‘otmayotgani, Yamalning umumiy mashg‘ulotni o‘tkazib yuborishi og‘ir muammo bilan bog‘liq emasligi ta’kidlandi.

Ispaniya Superkubogi yarim finalida «Barselona» va «Atletik» ertaga bahs olib boradi. Uchrashuv 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lamin Yamal «Barselona» mashg‘ulotida ko‘rinish bermadi