date

Kyeza «Yuventus»ga qaytish variantiga ijobiy qaramoqda

Kyeza «Yuventus»ga qaytish variantiga ijobiy qaramoqda

«Yuventus» «Liverpul» vingeri Federiko Kyezani yana Turinga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bir yarim yil avval italiyalik futbolchi Angliyaga yo‘l olgandi, biroq Arne Slot boshqaruvidagi jamoada asosiy tarkibdan muntazam joy ola olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Janluka di Marsio xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchiga A Seriya klublaridan bir necha bor takliflar bo‘lgan. Xususan, Yevropa chempioni «Napoli» va «Roma» chaqiruvlarini rad etgan. «Yuventus» borasida esa vaziyat boshqacha: «keksalar» rahbariyati futbolchining agentlari bilan bog‘langan va Kyeza bu transferga qarshi emas.

Turin klubi Kyezani ijara asosida olishni istamoqda, ammo «Liverpul» bunday sxemani ma’qullamayapti. Angliya jamoasi futbolchini ijaraga berishdan ko‘ra, to‘liq transfer orqali sotishni afzal ko‘rmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kyeza «Yuventus»ga qaytish variantiga ijobiy qaramoqda