date

Mbappe Realga murojaat qildi va Superkubokda o'ynamaydi

Mbappe Realga murojaat qildi va Superkubokda o'ynamaydi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya Superkubogi bahslarida jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

8 yanvar kuni «qirollik klubi» yarim finalda «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi. Derbida g'olib chiqqan jamoa finalda «Barselona» yoki Bilbao «Atletik»idan biri bilan to'qnash keladi.

Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda jamoadoshlarining Saudiya Arabistoniga uchishidan oldin tushilgan suratni ulashib, «Omad, jamoa. G'alabaga 1000% ishonaman. Hala Madrid!» deb yozdi.

«Real» – «Atletiko» uchrashuvi Jidda shahrida bo'lib o'tadi. O'yin 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Eslatib o'tamiz, Mbappe o'tgan yil oxirida olgan jarohati sabab turnir uchun qaydnomaga kiritilmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappe Realga murojaat qildi va Superkubokda o'ynamaydi