date

Shotlandiya mundialdagi ilk o'yin kuni dam oladi

Shotlandiya mundialdagi ilk o'yin kuni dam oladi

Shotlandiya milliy jamoasi 21-asrda ilk bor Jahon chempionati final bosqichiga qaytdi. Shotlandlar oxirgi marta 1998 yilda mundialda qatnashgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

15-iyun kuni ular guruh bosqichidagi birinchi uchrashuvini Gaiti termasiga qarshi o‘tkazadi. Qiziq tomoni, gaitiiliklar ham mundialga 1974 yildan beri chiqmagan. Aynan shu sana Shotlandiyada umumxalq dam olish kuni sifatida e’lon qilinadi.

Bu haqda Shotlandiya bosh vaziri Jon Svinniy ma’lum qildi. Biroq qaror rasman kuchga kirishi uchun uni Buyuk Britaniya qiroli Karl III tasdiqlashi kerak.

Shotlandiya guruhda, shuningdek, Marokash va Braziliya bilan ham to‘qnash keladi. Braziliya bilan ular 1998 yilgi mundialda ham bir guruhdan joy olgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shotlandiya mundialdagi ilk o'yin kuni dam oladi